Спасибо!

Ваш результат был отправлен на указанную вами почту

Rahmat!

Siz axborot byulleteniga obuna bo'ldingiz

Оставьте свои данные и мы пришлем вам на почту результаты теста, рекомендации по питанию, основанные на Гарвардской модели тарелки, а также рекомендации ВОЗ по физической активности
*Поле обязательно к заполнению
*Поле обязательно к заполнению
*Поле обязательно к заполнению
Нажимая кнопку «Отправить» вы соглашаетесь с условиями Политики обработки персональных данных

Внимание

Вы уже сохранили свой результат
Письмо с индивидуальной ссылкой придет на указанный e-mail в ближайшее время

Внимание

Убедитесь, пожалуйста, что вы
выбрали верный объем талии.
Если этот пункт вызывает у вас затруднения,
просто пропустите его

Спасибо!

Спасибо за вашу заявку,
мы свяжемся с вами в ближайшее время

Maqola “Verba Mayr” sog‘lomlashtirish markazi bilan hamkorlikda yozilgan

Gormonal ortiqcha vazn -- bu qanday ishlaydi?

Siz eng intizomli ozuvchi bo‘lishingiz mumkin -- kaloriyalarni hisoblashingiz, ovqatni bir grammigacha tarozida tortib tekshirishingiz, mukammal darajada tizzani bukib o‘tirib-turishingiz va har kuni kerakli me’yorda qadam tashlashingiz mumkin, lekin ba’zida tanangiz haqiqatdan ham Sizga qarshi o‘ynaydi.

Qaysi holatlarda ortiqcha vazndan qutulish -- bu yulduzchali {murakkablik darajasi yuqori bo‘lgan} masala hisoblanadi?
Kortizolli qorin
Ehtimol, Siz stress -- bu vazn yo‘qotishning asosiy dushmanlaridan biri ekanligi haqida eshitgandirsiz. Kortizol -- bu buyrak usti bezlari ishlab chiqaradigan gormon bo‘lib, organizmning noqulay shart-sharoitlarga moslashishida muhim rol o‘ynaydi.

U insulinga qarshi ta’sir ko‘rsatib, qondagi glyukoza miqdorini oshiradi, chunki organizmga xavfdan qochish yoki aksincha, o‘z hayotini himoya qilish maqsadida kurashish uchun energiya kerak bo‘lishi mumkin. Axir biz uchun har qanday stress xuddi mana shunday ko‘rinadi, bunda bizga xoh qilich tishli yo‘lbars hujum qilaotgan bo‘lsin, xoh ishxonada boshlig‘imiz koyayotgan bo‘lsin -- baribir, nimadir qilish kerak-ku!
Kortizol ajoyib ishlaydi va bizni qiyin vaziyatlarda safarbar qiladi, ammo stress haftalab davom etsa va kortizol darajasi me’yorga kelmasa -- hammasi o‘zgaradi.

Biz doimiy ravishda nazorat qilib bo‘lmaydigan ochlikni hamda o‘zimizni stress bilan kurashish maqsadida energiya bilan ta’minlashimiz uchun biron yog‘li va shirin narsa iste’mol qilish istagini his qilamiz va natijada vazn to‘playmiz. Bunday sodir bo‘lishining sababi shundaki, kortizol darajasining uzoq vaqt davomida oshib turishi bosh miyada ochlik hissini shakllantirish uchun mas’ul bo‘lgan Y-neyropeptid miqdorining ko‘payishiga olib keladi.
Kortizol insulinga qarshi ta’sir ko‘rsatib, unga nisbatan rezistentlik holatini keltirib chiqaradi. Stress gormoni qondagi qand miqdorini oshirishga qaratilgan bo‘lib, u yerda u skelet mushaklari tomonidan “ur yoki qoch” reaksiyasi maqsadlarida tezda ishlatilishi mumkin. Insulin esa, aksincha, ortiqcha glyukozani hujayralarga chiqarib tashlashga intiladi, ammo stress sharoitida organizm unga quloq solmaydi, hujayralar esa yetarlicha energiya ola olmaydi. Natijada, ortiqcha shakar yog‘ shaklida eng noqulay va ayni paytda kortizolga eng sezgir joyda - qorin sohasida to‘planib, o‘sha mashhur “qutqarish chambaragi” ni hosil qiladi.

“Kortizolli” qorinni qanday diagnostika qilish mumkin?

1
Ayollarda bel aylanasi 80 sm dan, erkaklarda esa 94 sm dan ortiq bo‘lishi;Ayollarda bel aylanasi 80 sm dan, erkaklarda esa 94 sm dan ortiq bo‘lishi;
2
Qon, so‘lak va siydik tahlilida kortizol miqdori oshgan bo‘lishi;
3
Kortizol miqdori ortganligining boshqa belgilari -- qon bosimining oshishi, qoramtir rangdagi pay cho‘zilishlarining paydo bo‘lishi, uyqu qiyinlashishi va boshqalar kuzatilishi mumkin;
4
Ishingiz yoki hayotingiz qayta-qayta takrorlanuvchi, uzoq davom etuvchi va toliqtiruvchi stress bilan bog‘liqligini tushuna boshlaysiz.
Eng muhimi esa, qorin har qanday urinishingizga bo‘ysunmaydi va kichrayishni xohlamaydi.
Bunga qarshi qanday kurashish lozim?
Birinchi navbatda, sababni bartaraf etish lozim. Bu holatda, stress bilan shug‘ullanmasdan turib, ratsionni nazorat qilib borish va jismoniy yuklamalarni bajarish shunchaki befoyda bo‘ladi.

Uyquni normallashtirish, nafas olish amaliyotlari, meditatsiya, axborot yukini cheklash va hatto stressli ishni almashtirish mumkin -- bularning barchasi kortizol darajasini pasaytirishga yordam beradi.

Ikkinchidan, ko‘pincha, kortizolli qoringa ega bo‘lgan odamlar uchun oziq-ovqat -- bu tinchlanish va tashvishlar keskinligini kamaytirishning eng oson vositasi. Buning o‘rniga, organizm va ruhiyatga qiyin vaziyatdan chiqishning qandaydir boshqa yo‘lini taklif qilish lozim.

Zamonaviy yondashuvlardan biri -- bu semaglutidga o‘xshagan, to‘yinganlikni oshiradigan va muammoni biron yegulik bilan bostirish patologik istagini kamaytiradigan preparatlarni, o‘z his-tuyg‘ulari bilan ishlashni o‘rgatishga qaratilgan psixoterapiya va stressga qarshi usullar bilan birgalikda qo‘llashdir.
Ozdiruvchi preparatlar haqida qisqacha
Menopauza
Olimlar bizni yillar davomida semirishga majburlaydigan metabolizmning pasayishi yoshga bog‘liq yoki bog‘liq emasligini diqqat bilan o‘rganishmoqda.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, 20 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan davrda kunlik energiya sarfi taxminan bir xil bo‘ladi. Va faqat 60 yoshdan keyingina, metabolizm har yili 0,7% ga sekinlashadi, buni esa tanamizdagi eng “ochko‘z” mushak to‘qimalari sonining kamayishi bilan bog‘liq deb bilishadi. Ammo menopauza boshlanganidan so‘ng, ayollarning avvalgi vaznini saqlab qolishlari qiyinlashadi, kilogrammlar esa yanada shiddatliroq “yopishadi”. Gap shundaki, 45 yoshdan boshlab, organizm o‘zining asosiy ehtiyojlarini qondirish uchun oldingidan kamroq energiya sarflay boshlaydi. Faol turmush tarzida bu farq sezilmasligi mumkin, biroq o‘tirib ishlash tarzida va jismoniy yuklamalar yo‘qligida -- bu farq ortiqcha kilogrammlarni qo‘shadi.1
ЕMenopauza bo‘sag‘asida va klimaks davrida semirishga moyillikning yana bir izohi -- tuxumdonlar funksiyasi asta-sekin so‘nib boradi va ayollar salomatligi uchun foydali bo‘lgan estrogen gormonlari darajasi pasayadi. Bunda yog‘ to‘qimasi ularning metabolizmi sodir bo‘ladigan qo‘shimcha a’zo vazifasini bajaradi, organizm esa shunchaki bularning bir-birining o‘rnini qoplab, bizni ortiqcha vazn to‘plashga majburlaydi.
Moyillikka qarshilik ko‘rsatish mumkinmi? Albatta, ayniqsa, chunki ortiqcha vazn klimaksning og‘ir kechishiga sabab bo‘ladi va estrogenlarga bog‘liq asoratlar -- bachadon va tuxumdonlar onkologiyasi rivojlanishi xavfini oshiradi.
Bunga qarshi qanday kurashish lozim?
Birinchidan, shifokor-ginekolog bilan gormonal terapiya yoki uning o‘simlik analoglarini buyurish ehtimolini muhokama qilsa bo‘ladi. Bu organizmning estrogenlar miqdorini yog‘ hisobiga kompensatsiya qilishga bo‘lgan ehtiyojini kamaytiradi. Shuningdek, menopauzada qo‘shimcha ravishda vazn ortishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan gormonlar - insulin, leptin va boshqalar darajasini nazorat qilish uchun endokrinologga uchrash muhimdir.

Ikkinchidan, jadvalda jismoniy faollik uchun joy topish muhim, chunki yosh o‘tishi bilan mushaklar sonining kamayishi -- qomatga zarar yetkazmasdan iste’mol qilishimiz mumkin bo‘lgan kaloriya miqdorini kamaytiradi.

Uchinchidan, o‘z ovqatlanish ratsioningizni sog‘lomlashtiruvchi ustuvorliklar tomon qayta ko‘rib chiqishga to‘g‘ri keladi. Ko‘p miqdordagi foydali yog‘lar organizmni estrogenlar sintezi uchun o‘tmishdosh moddalar bilan ta’minlaydi, sabzavot va mevalardan olingan kletchatka ichak mikrobiotasini qo‘llab-quvvatlaydi, ratsionning uglevodli qismini yengil va yuqori darajada qayta ishlangan uglevodlar hisobiga kamaytirish esa o‘zgargan kaloriya miqdorining o‘rnini qoplashga yordam beradi.

Yangi ratsionga moslashish osonroq bo‘lishi uchun, yoki ortiqcha vaznga hamroh bo‘lgan insulin- yoki leptin-rezistentlik kabi muammolar mavjudligida, o‘tish davrida, endokrinolog bilan maslahatlashgan holda, semaglutid dan ham foydalanish mumkin.
Ozdiruvchi preparatlar haqida qisqacha
Xulosa
Agar Siz ortiqcha kilogrammlar bilan kurashayotgan bo‘lsangiz-u, lekin shuncha harakat qilishingizga qaramay, ular yo‘qolmayotgan bo‘lsa, ehtimol, gap Sizda emas, balki muayyan metabolik sabablar yoki vazn yo‘qotishning noto‘g‘ri taktikasidadir. Atrofdagilar Sizni asosiysi kamroq ovqatlanish va ko‘proq harakat qilish ekanligiga ishontirishlari mumkin, ammo ba’zida muvaffaqiyatga erishish uchun ko‘zga ko‘rinmas harakatlar qilish zarur bo‘ladi -- stressga qarshi kurashishga yoki psixolog bilan ishlashga bor diqqat-e’tiborni qaratish, gormonlar darajalarini tekshirish yoki patologik ishtahaga qarshi preparatlar qo‘shish. Axir, agar vazn yo‘qotish shunchalik oddiy jarayon bo‘lganida edi, shifokorlar dunyoda semizlik epidemiyasi avj olganligi haqida bong urishmayotgan bo‘lar edilar.
Manbalar
1 https://www.science.org/doi/full/10.1126/science.abe5017