Спасибо!

Ваш результат был отправлен на указанную вами почту

Rahmat!

Siz axborot byulleteniga obuna bo'ldingiz

Оставьте свои данные и мы пришлем вам на почту результаты теста, рекомендации по питанию, основанные на Гарвардской модели тарелки, а также рекомендации ВОЗ по физической активности
*Поле обязательно к заполнению
*Поле обязательно к заполнению
*Поле обязательно к заполнению
Нажимая кнопку «Отправить» вы соглашаетесь с условиями Политики обработки персональных данных

Внимание

Вы уже сохранили свой результат
Письмо с индивидуальной ссылкой придет на указанный e-mail в ближайшее время

Внимание

Убедитесь, пожалуйста, что вы
выбрали верный объем талии.
Если этот пункт вызывает у вас затруднения,
просто пропустите его

Спасибо!

Спасибо за вашу заявку,
мы свяжемся с вами в ближайшее время

Ozish vositalari bo‘yicha qo‘llanma
Samarali ozish uchun o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri baholash va sabr-toqatli bo‘lish juda muhim, bu bir lahzali emas, balki uzoq muddatli natijaga erishishga yordam beradi. Ozdiruvchi preparatlar bu yo‘lda yaxshi madad kuchiga aylanishi mumkin. Biroq, faqat ular to‘g‘ri tanlangan bo‘lsagina.

Albatta, ortiqcha kilogrammlarni bir martada va butunlay yo‘q qiladigan sehrli tabletka yoki ukol mavjud emas. Shuning uchun, avvalo, birlamchi harakatlar rejasi -- Siz jismoniy mashqlarga qancha vaqt ajratishga tayyorsiz, ovqatlanish ratsioningizni qanday va qanchalik o‘zgartirishga tayyorsiz, shuning rejasini ishlab chiqish, keyin esa uni yanada aniqroq ta’sir ko‘rsatishi uchun qanday ozdiruvchi vosita bilan to‘ldirish mumkinligini hal qilish lozim.


Quyida eng keng tarqalgan ozdiruvchi dorilar, ularning afzalliklari va kamchiliklari, samaradorlik nuqtai nazaridan salohiyati, shuningdek, tanlashda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan muhim parametrlari keltirilgan.
Vositalar toifasi: Orlistat
Механизм действия: Препарат блокирует активность ферментов, ответственных за расщепление жиров в пище из крупных молекул в более мелкие, которые способны всасываться через стенку кишечника. В результате организм не способен полностью усваивать около 30% употребляемых жиров. Ta’sir mexanizmi: Preparat ovqat tarkibidagi yog‘larni yirik molekulalardan ichak devori orqali so‘rilishi mumkin bo‘lgan kichik molekulalarga parchalash uchun mas’ul bo‘lgan fermentlar faolligini bloklaydi. Natijada, organizm iste’mol qilingan yog‘larning 30% ga yaqinini to‘liq o‘zlashtirishga qodir bo‘lmaydi.

Savdo nomlari: Orlistat, Ksenikal, Listata, Orsoten, Alli, Orlimas va b.

Potensial ta’siri: Orlistatni past kaloriyali parhez bilan bir vaqtda qo‘llash yiliga qo‘shimcha 2-5 kg vazn yo‘qotishga yordam beradi.

Afzalliklari: Organizmga tizimli ta’sirning mavjud emasligi -- orlistat ichakda mahalliy ta’sir ko‘rsatadi va qonga so‘rilmaydi.

Kamchiliklari: Yog‘da eriydigan vitaminlar: A, D, K, Ye ning o‘zlashtirilishini pasaytiradi.

Nimalarga e’tibor qaratish lozim:

1
Orlistat asosidagi preparatlarni qo‘llashning keng tarqalgan oqibatlari -- kuchli meteorizm va tez-tez ich ketishi, hatto uning oqib ketishi – intensiv jismoniy faollik bilan yaxshi uyg‘unlashmaydi.
2
Yaqqol ta’sirga erishish uchun, Orlistat asosidagi preparatlarni past kaloriyali parhez bilan birga qabul qilish lozim. Yog‘li ovqatlar iste’molini kamaytirish lozim, chunki, birinchidan, Orlistat faqat 30% yog‘larning so‘rilishini bloklaydi, ikkinchidan, yog‘li ovqat preparatning nojo‘ya ta’sirlarini kuchaytiradi. Agar ratsionning yuqori kaloriyaliligining asosiy sababi uglevodlar bo‘lgan bo‘lsa, unda ularning ratsiondagi ulushini to‘g‘rilamasdan Orlistatni qabul qilish sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi.
Vositalar toifasi: Sibutramin
Ta’sir mexanizmi: Sibutramin nerv impulslarining o‘tkazilishiga ta’sir ko‘rsatib, serotonin, noradrenalin va dofamin ta’sirini uzaytiradi, buning hisobiga to‘yinish hissi paydo bo‘lishi tezlashadi, ochlik yo‘qligi davri uzayadi, kayfiyat yaxshilanadi, ichaklar ishi sekinlashadi, harakat faolligiga motivatsiya ortadi.

Savdo nomlari: Reduksin, Goldlayn, Lindaksa, Meridia, Slimia va b.

Kutiladigan natija: Sibutramin asosidagi preparatlarning rasmiy saytlariga ko‘ra, ular yarim yil ichida 15 kg vazn yo‘qotishga yordam beradi. Xalqaro tadqiqotlar Sibutraminning samaradorligini tasdiqlaydi, ammo bir qator mamlakatlarda Sibutraminni qo‘llash xavfi uning foydasidan oshib ketmaydimi degan savol ko‘ndalang turibdi. AQSH, Yevropa Ittifoqi, Hindiston, Xitoyda ushbu qatordagi preparatlar preparat xavfsizligi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar paydo bo‘lmaguncha taqiqlangan.

Afzalliklari: Sibutramin ishtahani pasaytiradi, energiya sarfini oshiradi va jismoniy faollikni rag‘batlantiradi, bu esa ozish uchun qulay sharoit yaratadi.

Kamchiliklari: Sibutraminni qo‘llash davomida sog‘liq uchun bir qator jiddiy xavflar aniqlangan, jumladan yurak va qon tomirlari holatiga salbiy ta’siri, ichak faolligining pasayishi, o‘rganib qolish effekti, uyqu bilan bog‘liq muammolar.

Nimalarga e’tibor qaratish lozim:

1
O‘zbekistonda sibutramin kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritilgan, uni mamlakatga olib kirish taqiqlangan, 2025-yil 1-yanvardan boshlab esa bunday preparatlarni faqat giyohvandlik va psixotrop moddalarni sotish uchun ruxsatnomaga ega bo‘lgan litsenziyalangan dorixonalar orqali sotish mumkin qilingan.
2
Sibutraminni qabul qilish 12-oylik davr bilan qat’iy cheklanishi shart, aks holda nojo‘ya ta’sirlar rivojlanishi xavfi ortadi.
Vositalar toifasi: Yog‘larni erituvchi moddalar
Ta’sir mexanizmi: Yog‘larni erituvchi moddalar atamasi ostida, turli xil moddalar asosidagi biologik faol qo‘shimchalarning keng guruhi tushuniladi. Dastlabki ma’nosida, yog‘larni erituvchi moddalar -- bu termogenezni (organizm tomonidan energiya ishlab chiqarilishini) oshirishga yordam beruvchi yoki yog‘ almashinuviga ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar. Ikkala holatda ham, vosita organizmga faollik uchun ko‘proq miqdorda "to‘g‘ri" energiya ajratishga yordam beradi. Biroq, yog‘larni erituvchi moddalar atamasi ostida ishtahani pasaytirish, ichaklarda yog‘larning parchalanishini bostirish kabi ta’sirlarga ega bo‘lgan jiddiyroq preparatlar va hatto tarkibiga metabolizmni tezlashtiradigan gormonlar kiradigan preparatlar ham tushunilishi mumkin.

Savdo nomlari: Ushbu guruhdagi juda katta xilma-xillik tufayli, yog‘larni erituvchi moddalar tarkibida bo‘lishi mumkin bo‘lgan moddalar haqida gapirish ko‘proq o‘rinli bo‘ladi -- kofein, L-karnitin, linol kislotasi, yohimbim, holin, inozitol, metionin, lipoy kislotasi, xrom pikolinat va b..

Potensial ta’siri: Odatda, yog‘larni erituvchi moddalarni jismoniy yuklamalar bilan kompleks tarzda qo‘llash tavsiya etiladi, ammo bunda ularning vazn yo‘qotishga qanchalik hissa qo‘shishi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q.

Afzalliklari: L-karnitin, linol kislotasi, kofein (dozasiga rioya qilish sharti bilan) kabi klassik yog‘larni erituvchi moddalar haqida gapiradigan bo‘lsak, ular organizmga yetarlicha yumshoq ta’sir ko‘rsatadi hamda, jismoniy yuklamalar bilan parallel ravishda olib borilsa va ozish maqsadlari yuqori bo‘lmasa, eng ayovchi va ishchi madad kuchiga aylanishi mumkin.

Kamchiliklari: Aksariyat hollarda, yog‘larni erituvchi moddalar bir nechta moddalardan iborat kompleks vositalar bo‘lib, ularning har biri o‘zining nojo‘ya ta’siri va qarshi ko‘rsatmalariga ega, shuningdek, noinsof ishlab chiqaruvchilar tarkibni to‘liq ko‘rsatmasligi mumkin, shuning uchun bu vaziyatda BFQ ni shifokor bilan birgalikda tanlash muhimdir.

Nimalarga e’tibor qaratish lozim:

1
Yog‘larni erituvchi moddalar intensiv jismoniy yuklamalarsiz ishlamaydi.
2
Yog‘larni erituvchi moddalarni tanlashda, nomalum narsani koʻrmasdan-bilmasdan sotib olmaslik uchun ishlab chiqaruvchining brendiga e’tibor qaratish lozim.
Vositalar toifasi: Tirzepatid, Semaglutid, Liraglutid va b..
Ta’sir mexanizmi: Semaglutid va odamning glyukagonsimon peptid-1 (GPP-1) retseptorlarini rag‘batlantirish uchun yaratilgan bir qator boshqa ta’sir qiluvchi moddalar organizmda vazn yo‘qotish jarayonini rag‘batlantiruvchi jarayonlar kaskadini ishga tushiradi: ular to‘yinganlik hissini uzaytiradi, ovqatning oshqozondan evakuatsiyasini sekinlashtiradi va ishtahani pasaytiradi. Ushbu guruh preparatlarining eng zamonaviysi Tirzepatid bo‘lib, u glyukozaga bog‘liq insulinotrop polipeptid (GIP) ga ham ta’sir ko‘rsatadi, yog‘ hujayralari metabolizmini tezlashtiradi va yog‘ to‘qimalariga yanada aniqroq ta’sir ko‘rsatadi. Liraglutid guruhning keksaroq vakili hisoblanadi, chunki u Semaglutid va Tirzepatid (yuborish rejimi -- haftada 1 marta) dan farqli o‘laroq, har kuni yuborilishni talab qiladi.

Savdo nomlari: Ozempic, Semavic, Semavic Nekst, Munjaro, Sedjaro, Saksenda va b..

Kutiladigan natija: Ushbu toifadagi barcha ta’sir etuvchi moddalar o‘xshash ta’sir printsipiga ega bo‘lishiga qaramay, 2-tipdagi diabetda hamda semizlik va ortiqcha vaznda qo‘llaniladigan Semaglutid va Tirzepatid vaznni kamaytirish maqsadida qo‘llash samaradorligi bo‘yicha eng katta daliliy bazaga egadirlar. Tadqiqotlarga ko‘ra, inyeksion Semaglutidni kursli qo‘llash tana vaznini yog‘ massasi hisobiga 10-15% ga, Tirzepatidni kursli qo‘llash esa uni 20-25% ga kamaytirishga yordam beradi.

Afzalliklari: Semaglutid va Trezepatid ozishga yordam beradi, o‘rganib qolish effektini keltirib chiqarmaydi, yurak-qon tomir tizimiga himoya ta’sirini ko‘rsatadi. Ikkala preparatni ham haftada 1 marta inyeksiya qilish lozim, ular shpris-ruchka shaklida ishlab chiqarilganligi sababli esa, buni mustaqil ravishda amalga oshirish mumkin.

Kamchiliklari: Nojo‘ya ta’sirlar kuzatilishi mumkin, jumladan ko‘ngil aynishi va diareya.

Nimalarga e’tibor qaratish lozim:

1
Ushbu guruhdagi barcha preparatlar resept bo‘yicha tayyorlanadigan preparatlar bo‘lib, shuning uchun ularni qo‘llash to‘g‘risidagi qaror shifokor bilan birgalikda qabul qilinishi shart.
2
Hozirda, tirzepatid bilan davolanayotgan bemorlarni kuzatishning foydali va izchil kurslari paydo bo‘lmoqda (kunma-kun va haftama-hafta). Agar Siz allaqachon ushbu terapiyadan foydalanayotgan bo‘lsangiz, quyidagi havola orqali chuqurroq tanishishingiz va ishtirok etishingiz mumkin: Bemorlarni qo‘llab-quvvatlash xizmati
Vositalar toifasi: Metformin
Ta’sir mexanizmi: Metformin glyukozaning oshqozon-ichak traktida so‘rilishini kamaytiradi, hujayralarning insulinga sezuvchanligini oshiradi – hujayralar tezroq to‘yinadi va glyukozadan samarali foydalanadi, glyukozaning jigar tomonidan sintez qilinishini sekinlashtiradi.

Savdo nomlari: Monopreparatlar – Glyukofaj, Glyukonorm, Formetin va b..

Metformin boshqa komponentlar bilan birgalikda qo‘llanilganda – Glyukovans, Reduksin Forte, Sigduo Long va b..

Potensial ta’siri: Metformin ko‘pincha ozdiruvchi vosita sifatida tilga olinadi, ammo uni qabul qilishga asosiy ko‘rsatma – 2-tipdagi diabetni davolash va qondagi qand miqdorini nazorat qilish.

Afzalliklari: Metformin – diabet terapiyasida o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatgan preparat. Shuningdek, tadqiqotlarga ko‘ra, u ozishga yordam bermasa-da, keyinchalik ortiqcha vazn yig‘ilishining oldini oladi.

Kamchiliklari: Ozdiruvchi preparat sifatida samarasiz, ammo shifokor buyurganda vaznni kamaytirish uchun guruhning boshqa vakillari bilan birgalikda qo‘llanilishi mumkin.

Nimalarga e’tibor qaratish lozim:

1
2-tipdagi diabet yoki insulinga rezistentlik tashxisi qo‘yilgan taqdirda, metforminni qabul qilish to‘g‘risidagi qaror davolovchi shifokor bilan birgalikda qabul qilinadi.
Vositalar toifasi: Ozdiruvchi BFQ lar
Ta’sir mexanizmi: Ushbu oziq-ovqat qo‘shimchalari guruhi ko‘pincha yog‘ni erituvchi vositalar toifasi bilan kesishadi, shuningdek, ozdiruvchi BFQ larning keng tarqalgan tarkibiy qismlari orasida vazn yo‘qotishni ta’minlaydigan tabiiy siydik haydovchi va ichni yumshatuvchi vositalar ham uchraydi.

Savdo nomlari: Turboslim tozalovchi, Letyashaya lastochka {Uchayotgan qaldirg‘och}, ozdiruvchi choylar va b..

Potensial ta’siri: Ushbu toifadagi vositalar ozish sohasida dalillar bazasiga ega emas, ammo diuretiklar (siydik haydovchilar) va ichni yumshatuvchi vositalar haqida gap ketganda, ular vaziyatga qarab ma’lum darajada vazn kamayishni ta’minlashi haqida gapirish mumkin. Bu ta’sirga birinchi navbatda yog‘ massasini kamaytirish hisobiga emas, balki organizmdan suyuqlik va axlat massalarini jadal chiqarib tashlash hisobiga erishiladi.

Afzalliklari: Qisqa muddat davomida qo‘llanilganda, ushbu vositalar guruhi sog‘liq uchun nisbatan xavfsiz hisoblanadi.

Kamchiliklari: Odatda, ozdiruvchi BFQ lar tarkibiga turli toifalarga tegishli bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘plab komponentlar kiradi, shu sababli ularning ta’siri oldindan aytib bo‘lmaydigan bo‘lishi mumkin. Biroq, ushbu vositalar guruhidan uzoq muddatli vazn kamayishini kutmaslik lozim.

Nimalarga e’tibor qaratish lozim:

1
Ozdiruvchi BFQ ni tanlashda, uning tarkibini, va’da qilingan vazn kamayishi nimaning hisobiga sodir bo‘lishi lozimligi haqida tasavvur hosil qilish uchun, diqqat bilan o‘qib chiqish lozim.
2
Ozdiruvchi BFQ larni sotib olayotganda, ishlab chiqaruvchining brendiga e’tibor qaratish lozim, chunki bu ularning tarkibida zid yoki tavsifda ko‘rsatilmagan moddalar bo‘lmasligini kafolatlaydi.
Yanada koʻproq bilish uchun:
  • Preparatlar tavsifi va ularning ta’siri
  • Amaliy maslahatlar
  • Bemorlarning tez-tez beradigan savollariga javoblar