Спасибо!

Ваш результат был отправлен на указанную вами почту

Rahmat!

Siz axborot byulleteniga obuna bo'ldingiz

Оставьте свои данные и мы пришлем вам на почту результаты теста, рекомендации по питанию, основанные на Гарвардской модели тарелки, а также рекомендации ВОЗ по физической активности
*Поле обязательно к заполнению
*Поле обязательно к заполнению
*Поле обязательно к заполнению
Нажимая кнопку «Отправить» вы соглашаетесь с условиями Политики обработки персональных данных

Внимание

Вы уже сохранили свой результат
Письмо с индивидуальной ссылкой придет на указанный e-mail в ближайшее время

Внимание

Убедитесь, пожалуйста, что вы
выбрали верный объем талии.
Если этот пункт вызывает у вас затруднения,
просто пропустите его

Спасибо!

Спасибо за вашу заявку,
мы свяжемся с вами в ближайшее время

Ozish haqidagi hayotiy hikoyalar

Oʻz holatingizga oʻxshash tajribani topish uchun, qulay teglardan foydalaning
Фото до — 5 правил, которые помогли мне похудеть со 140 до 64 кг Фото после — 5 правил, которые помогли мне похудеть со 140 до 64 кг

140 kg dan 64 kg gacha ozishimga yordam bergan 5 ta qoida

Golubeva Oksana, 38 yosh, -76 kg

Mening hikoyam:
Shundan boshlasam kerakki, men hech qachon kichkina, ozg‘ingina yoki xipchagina bo‘lmaganman. Esimni taniganimdan beri doim ortiqcha vaznimni yuzimga solishardi. Aytgancha, men doim ozishga harakat qilganman: parhez tutardim, sport zaliga borardim, massajlarga qatnardim, lekin hech birining foydasi tegmasdi. O‘zimni so‘kib, o‘zimdan nafratlanardim, ammo baribir parhezni buzib qo‘yaverardim va barcha omadsizliklarim alamini yeyishdan olardim, buning uchun esa atrofimdagi hamma-hammani ayblardim.
uning hikoyasini o‘qing
Фото до — Похудела после 45 без отказа от сладкого Фото после — Похудела после 45 без отказа от сладкого

Semavic bilan ozishda “plato” davridan o‘tdim

Yekaterina Kozlova, -30 kg

Mening hikoyam
2024-yil fevral oyida men eng katta vaznimga yetdim va aynan o‘shanda o‘zimni va hayotimni o‘zgartirish vaqti kelganini tushundim. Men ozishga qaror qildim. Lekin parhez tutmaslikka, o‘zimni och qoldirib, keyin yana avvalgi holatga qaytib, afsuslanmaslikka qaror qildim. Men ovqatlanish odatlarimni abadiy o‘zgartirib, bu yo‘lni o‘z hayot tarziga aylantirishga ahd qildim.
uning hikoyasini o‘qing
Фото до — Результаты, которыми я горжусь Фото после — Результаты, которыми я горжусь

Men faxrlanadigan natijalar

Darya T., 35 yosh, -14 kg

Mening hikoyam:
Men shunchaki ozmadim. Men o‘zimga sog‘lik, quvvat va ishonchni qaytardim. Eng asosiy g‘alaba ham shu!
uning hikoyasini o‘qing
Фото до — Фитнес, баня и капустный салат для похудения Фото после — Фитнес, баня и капустный салат для похудения

Ozish uchun fitnes, hammom va karamli salat

Natalya Ivanovna, -32 kg

Mening hikoyam:
Hammasi bir ko‘ylakdan boshlandi. Do‘kon vitrinasida ko‘rib qolganim o‘sha ajoyib, chiroyli, urf bo‘lgan rangdagi ko‘ylakdan. U yengillik va nafosat va’da qilib, meni o‘ziga rom etdi. Men esa chiroqqa talpingan parvonasimon bir shiddat bilan unga tomon uchdim. Kiyib ko‘rish esa, kutilganidek, fojiali komediyaga aylanib ketdi.
uning hikoyasini o‘qing
Фото до — Семавик разделил мою жизнь на До и После Фото после — Семавик разделил мою жизнь на До и После

Semavic hayotimni “undan oldin” va “undan keyin”ga bo‘lib qo‘ydi

Zaira Magomedova, 39 yosh, -27 kg

Mening hikoyam:
O‘zim haqimda qisqacha so‘zlab bersam: yoshim 39 da, uch nafar farzandning (14, 11 va 9 yoshli) onasiman. Tez yordamda sutkalik smenada ishlayman. Ozishga ko‘p marta uringanman. Interval ochlikni sinab ko‘rdim — bu gastritimning qo‘zishi bilan yakunlandi. So‘ng PP (to‘g‘ri ovqatlanish)ga o‘tdim, biroq tez yordamdagi sutkalik ish smenalarim tufayli bu ham o‘xshamadi, chunki navbatdagi chaqiriq qanday bo‘lishini va nima bilan tugashini oldindan rejalashtirib bo‘lmasdi. Shu sababli ovqatlanish tartibimda doim muammolar bo‘lgan.
uning hikoyasini o‘qing
Фото до — Большая грудь, лишний вес и отсутствие стимула худеть Фото после — Большая грудь, лишний вес и отсутствие стимула худеть

Katta ko‘krak, ortiqcha vazn va ozish uchun turtkining yo‘qligi

Alyona Koksharova, -23 kg

Mening hikoyam:
Men har gal biror bayram yoki tadbir oldidan nima kiyishni bilmay bosh qotirardim, chunki ko‘ylaklar egnimda xuddi kartoshka qopiga o‘xshab turardi. Doimiy qoralovchi nigohlar, “ustidagisi nima ekan”, “namuncha xunuk bo‘lmasa” degan o‘ylar xayolimdan ketmasdi. Odamlar tashqi ko‘rinishim tufayli menga yomon qarashyapti, deb o‘ylardim. Ko‘ylak kiyganda o‘zimni noqulay his qilardim, shuning uchun menga oversayz kiyimlar kiyish osonroq edi. Shu tariqa men barcha kamchiliklarimni yashirardim.
uning hikoyasini o‘qing
Фото до — Похудела на 20 кг после 50, чтобы надеть платье мечты Фото после — Похудела на 20 кг после 50, чтобы надеть платье мечты

Orzuimdagi ko‘ylakni kiyish uchun 50 yoshdan keyin 20 kg ga ozdim

Irina Slesareva, 50 yosh, -20 kg

Mening hikoyam:
2019-yilda 50 yoshga to‘ldim. Shunda organizmimda gormonal o‘zgarishlar boshlanib, vazn yig‘a boshlaganimni tushundim. Va nimadir o‘zgartirish kerak, nimadir qilish kerak degan qarorga keldim…
2023-yil 1-fevralda vaznim 81,5 kg edi. Jiddiy o‘ylanib qoldim va zudlik bilan ozishga qaror qildim!!!
uning hikoyasini o‘qing
Фото пользователя Живот от нервов

Asabiy taranglikdan paydo bo‘lgan qorin

Oksana, 38 yosh

Mening hikoyam:
Assalomu alaykum! Mening ozishim yangi yilda biqin orttirgan yoki shunchaki haddan tashqari ko‘p yeb yuborganlardagidek klassik usuldan farq qiladi. Ozishdan oldin juda semiz edim deb ham ayta olmayman. To‘g‘rirog‘i, qomatim nomutanosib edi. Qo‘l-oyoqlarim ingichka, ammo qornimdagi yog‘lar juda ko‘p edi. Go‘yoki ingichka qo‘l-oyoqli sharga o‘xshab qolgandim. Ochig‘ini aytsam, bu muammolarning bari asabdan edi. Stress muammosini hal qilganimdan so‘ng, ortiqcha vazn muammosini ham hal qildim. Bu qisqacha mazmuni, agar batafsil bilishni istasangiz, unda o‘qishda davom eting)

Ishim asablarni ancha egovlaydi. Men marketologman. Umuman, bu qanday kasb ekanini kamdan-kam odam tushunadi, ayniqsa yuqori samaradorlik, ko‘plab mijozlar va hammasini birdaniga xohlaydigan boshliqlar tushunmaydi. Nima uchun bir zumda natija bo‘lmasligini va savdo yo‘qligida faqat men aybdor emasligimni bir necha bor tushuntirganman. Mijozlar keladi-yu, ammo qolishmaydi, demak muammo boshqa joyda. Lekin, albatta, hech kim menga quloq solmasdi.

Natijada, boshqa bo‘limlarning kamchiliklarini yopish uchun yanada ko‘proq ishlashimga to‘g‘ri kelardi. Charchaganimdan uyda biror narsa tayyorlashga ulgurmaganim uchun ishxonada nonushta qilardim. Hayot o‘rniga faqat ish bo‘lib qolgandi. Shunday qilib, vaqt o‘tishi bilan qomatim buzildi, o‘zimga bo‘lgan munosabatim yomonlashdi va tushkunlikka tushib qoldim.
Mening hikoyam:
Assalomu alaykum! Mening ozishim yangi yilda biqin orttirgan yoki shunchaki haddan tashqari ko‘p yeb yuborganlardagidek klassik usuldan farq qiladi. Ozishdan oldin juda semiz edim deb ham ayta olmayman. To‘g‘rirog‘i, qomatim nomutanosib edi. Qo‘l-oyoqlarim ingichka, ammo qornimdagi yog‘lar juda ko‘p edi. Go‘yoki ingichka qo‘l-oyoqli sharga o‘xshab qolgandim. Ochig‘ini aytsam, bu muammolarning bari asabdan edi. Stress muammosini hal qilganimdan so‘ng, ortiqcha vazn muammosini ham hal qildim. Bu qisqacha mazmuni, agar batafsil bilishni istasangiz, unda o‘qishda davom eting)

Ishim asablarni ancha egovlaydi. Men marketologman. Umuman, bu qanday kasb ekanini kamdan-kam odam tushunadi, ayniqsa yuqori samaradorlik, ko‘plab mijozlar va hammasini birdaniga xohlaydigan boshliqlar tushunmaydi. Nima uchun bir zumda natija bo‘lmasligini va savdo yo‘qligida faqat men aybdor emasligimni bir necha bor tushuntirganman. Mijozlar keladi-yu, ammo qolishmaydi, demak muammo boshqa joyda. Lekin, albatta, hech kim menga quloq solmasdi.

Natijada, boshqa bo‘limlarning kamchiliklarini yopish uchun yanada ko‘proq ishlashimga to‘g‘ri kelardi. Charchaganimdan uyda biror narsa tayyorlashga ulgurmaganim uchun ishxonada nonushta qilardim. Hayot o‘rniga faqat ish bo‘lib qolgandi. Shunday qilib, vaqt o‘tishi bilan qomatim buzildi, o‘zimga bo‘lgan munosabatim yomonlashdi va tushkunlikka tushib qoldim.

Qanday qilib ozganim:
Albatta, bu holat menga yoqmasdi va men hammasini iziga solishni xohlardim. Sportzalga yozildim va har kuni ishdan keyin yarim soatga borib turdim. Har safar mashg‘ulotga kuch topish uchun bir dunyo qahva ichardim.

Mashg‘ulotlar haftasiga uch marta bo‘lardi. Ular juda holdan toydirardi. Men ularning birortasini ham qoldirmasdim, chunki mashg‘ulotni o‘tkazib yuborsam, hech narsaga erishmayman va behuda harakat qilgan bo‘laman, deb qo‘rqardim. Taxminan 3 oy sport bilan shug‘ullandim, hatto ovqatlanishimni cheklashga ham urindim, lekin hech qanday natija bo‘lmadi. O‘zi men vahimachi odamman, ishdagi abgor ahvol, mashg‘ulotlarning samarasizligi sabab qattiq stressga tushib qoldim va tashqi ko‘rinishim ham yomonlasha boshladi.

Ammo sportzaldan tana tekshiruvlari uchun chegirma berishdi. U yerga borishga qaror qildim, organizmim holatini bilish uchun mendan tahlillar olishdi. Ozishimga nima xalaqit berayotganini tushunmoqchi edim. Ma’lum bo‘lishicha, men qutulmoqchi bo‘lgan yog‘larning hammasi visseral yog‘lar ekan. Ular oddiy yog‘lardan farqli o‘laroq, ovqatdan emas, stressdan paydo bo‘larkan. Ha, shunaqasi ham bo‘lar ekan. Natijada, ozishim uchun asabiylashishni bas qilishim kerak edi. Ana xolos…

Xullas, ishdan biroz dam olish uchun o‘z hisobimdan bir necha oyga ta’til oldim va psixoterapiyaga qatnay boshladim. Davolanish ancha uzoq davom etdi, lekin menga juda katta yordam berdi. Mutaxassis borasida omadim keldi: u meni tushundi, men bilan qanday ishlash kerakligini angladi va vaqt o‘tishi bilan men tashvishlanishdan to‘xtadim, stress manbalaridan xalos bo‘ldim, ishimni o‘zgartirdim. Demak, ozishda yana bir urinib ko‘rish va mashg‘ulotlarni qaytadan boshlash mumkin edi.

Men mashg‘ulotlarga qaytdim, parhezlarimni davom ettirdim va bir oydan so‘ng nihoyat ilk natija ko‘rindi. Juda kichik bo‘lsa-da, natija bor edi. Bir kilogramm vazn yo‘qotdim. Bu kulgili tuyulishi mumkin, lekin men uchun bu allaqachon katta yutuq edi. 4 oy ichida esa belim o‘z holiga qaytdi. Bu — taxminan 8 kilogramm vazn yo‘qotganimni anglatadi. Ha, ko‘p emas, lekin takror aytaman, yog‘ faqat qorin sohamda to‘planib, meni qo‘l-oyoqli sharga o‘xshatib qo‘ygandi. Oddiy to‘lacha ayollar hech bo‘lmaganda bir tekisda semiradi.

Men qanday natijaga erishmoqchiman:
Agar asabiylashganim sababli vazn olayotganimni oldindan bilganimda, mashg‘ulotlar o‘rniga shunchaki tinchlantiruvchi dori ichib yurardim. Lekin nima bo‘lganda ham, hozir bo‘g‘ma ilondek xotirjamman. Ishimda odamni siqadigan boshliqlar yo‘q. Men o‘z me’yordagi bel qomatimni tikladim va o‘zimni ajoyib his qila boshladim.

Shifokor izohi

Фото врача
Xan Stanislav Askoldovich, “Tvoy doc” platformasi endokrinologi, diyetologi
Ushbu misolda vazn tashlash kabi nozik masalada psixologik muammolarni e’tiborsiz qoldirmaslik naqadar muhim ekani haqida juda yaqqol hikoya keltirilgan. Men o‘z qabullarimda juda ko‘p bir xil xatolarga duch kelaman.

Odatda, bemor qabulga keladi va uning asosiy maqsadi “ozish” bo‘ladi. Va katta ehtimol bilan unga beriladigan asosiy (ammo mutlaqo ma’nosiz) tavsiyalar “kamroq yeng, ko‘proq harakatlaning” ruhida bo‘ladi. Navbatdagi “1200 kkaloriyalik taomnoma”ni yoki “nima yeyish mumkin-u, nima mumkin emasligi haqidagi qandaydir qoidalar to‘plami”ni olgan sho‘rlik bemor bu yo‘lda yolg‘iz qoladi. U bularning barchasiga amal qilishga harakat qiladi, biroq ertami-kechmi o‘zini tiya olmaydi. Natijada yo‘qotilgan barcha kilogrammlar (agar yo‘qotgan bo‘lsa) 1–2 kun ichida qaytib keladi-da, navbatdagi hafsala pir bo‘lishi, qayg‘u va o‘zini-o‘zi koyish davri boshlanadi. Hayot esa abadiy kurashga aylanib qoladi.

Shu sababli, insonning nafaqat ovqatlanish tartibini va aynan nimalar yeyishini tahlil qilish, balki unda ovqatlanish xulq-atvorining buzilishlari bor-yo‘qligini ham tashxislash o‘ta muhimdir. Chunki bu holatda mashhur “hamma gap miyada” degan ibora hal qiluvchi ahamiyatga ega. Inson sport zalida ozishga qanchalik urinmasin, parhezlar va cheklovlar bilan o‘zini qiynamasin, ovqatlanish xulq-atvori ustida ishlamasdan, ruhiy xotirjamlikka erishmasdan turib, uni muqarrar ravishda muvaffaqiyatsizlik kutadi.
Фото пользователя Заедание стресса

Stressni yeb yengish

Inna, 32 yosh

Mening hikoyam:
Men boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bo‘lib ishlayman, 32 yoshdaman. Talabalik paytlarimda juda xushqomat edim, lekin ish jarayonida vazn to‘pladim. Afsuski, ko‘pchilikda shunday bo‘ladi. Bolaligimdan shu kasbni egallashni orzu qilardim, bolalarning ulg‘ayish yo‘lidagi birinchi bosqich bo‘lishni istardim. Hayot men tasavvur qilgandek emas, ancha murakkabroq ekan, ishni boshlash men uchun juda qiyin kechdi. Mas’uliyat juda katta, bolalar esa doim o‘zlariga yoki bir-birlariga zarar yetkazish payida yurishadi. Har bir narsa uchun hisobot berish kerak.

Asabiylashganimdan ko‘p ovqat yeydigan bo‘lib qoldim. O‘quvchilarning ota-onalari bergan sovg‘alar men uchun xavfli bo‘lib qolgandi, chunki asabiylashgan paytlarim bir quti konfet o‘sha kuniyoq tugab qolishi mumkin edi. Hamkasblarim mendan yoshi kattaroq yoki o‘zim bilan tengdosh bo‘lib, ular ham qomati kelishgan emasdi. Shu sababli o‘zimning ham xunukroq ko‘rinishdagi oddiy bir o‘qituvchiga aylanib qolganimga ko‘nikib qolgandim.

Albatta, ozishga harakat qilib ko‘rdim, deyarli barcha parhezlarni sinab chiqqan bo‘lsam kerak. Bir necha kilogramm tashlab, yana qaytib olardim. Vaznimni doimiy kuzatib borishga, har bir gramm uchun kurashishga kuchim yetmasdi. Vaznim 80 kilodan oshgach esa, o‘zimni yanada qiynamaslik uchun taroziga chiqmay qo‘ydim.

Shu payt maktabimizga yangi bir qiz ishga keldi — xuddi o‘tmishdagi men. Universitetni endigina bitirgan, hali ham ko‘rinishi juda yaxshi, g‘ayratga to‘la edi. Uni ham meniki kabi taqdir kutayotgan bo‘lsa kerak deb o‘ylagandim, biroq bir yildan so‘ng u go‘yo yanada go‘zallashgandek edi. O‘quvchilarning yolg‘iz otalari, xuddi bir paytlar menga bo‘lgani kabi, unga ham tinmay gullar olib kelishardi. O‘sha e’tiborni yo‘qotganimdan shunchalik alam qildiki, bor imkoniyatlarimni ishga solib, qat’iy ozishga qaror qildim.
Mening hikoyam:
Men boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bo‘lib ishlayman, 32 yoshdaman. Talabalik paytlarimda juda xushqomat edim, lekin ish jarayonida vazn to‘pladim. Afsuski, ko‘pchilikda shunday bo‘ladi. Bolaligimdan shu kasbni egallashni orzu qilardim, bolalarning ulg‘ayish yo‘lidagi birinchi bosqich bo‘lishni istardim. Hayot men tasavvur qilgandek emas, ancha murakkabroq ekan, ishni boshlash men uchun juda qiyin kechdi. Mas’uliyat juda katta, bolalar esa doim o‘zlariga yoki bir-birlariga zarar yetkazish payida yurishadi. Har bir narsa uchun hisobot berish kerak.

Asabiylashganimdan ko‘p ovqat yeydigan bo‘lib qoldim. O‘quvchilarning ota-onalari bergan sovg‘alar men uchun xavfli bo‘lib qolgandi, chunki asabiylashgan paytlarim bir quti konfet o‘sha kuniyoq tugab qolishi mumkin edi. Hamkasblarim mendan yoshi kattaroq yoki o‘zim bilan tengdosh bo‘lib, ular ham qomati kelishgan emasdi. Shu sababli o‘zimning ham xunukroq ko‘rinishdagi oddiy bir o‘qituvchiga aylanib qolganimga ko‘nikib qolgandim.

Albatta, ozishga harakat qilib ko‘rdim, deyarli barcha parhezlarni sinab chiqqan bo‘lsam kerak. Bir necha kilogramm tashlab, yana qaytib olardim. Vaznimni doimiy kuzatib borishga, har bir gramm uchun kurashishga kuchim yetmasdi. Vaznim 80 kilodan oshgach esa, o‘zimni yanada qiynamaslik uchun taroziga chiqmay qo‘ydim.

Shu payt maktabimizga yangi bir qiz ishga keldi — xuddi o‘tmishdagi men. Universitetni endigina bitirgan, hali ham ko‘rinishi juda yaxshi, g‘ayratga to‘la edi. Uni ham meniki kabi taqdir kutayotgan bo‘lsa kerak deb o‘ylagandim, biroq bir yildan so‘ng u go‘yo yanada go‘zallashgandek edi. O‘quvchilarning yolg‘iz otalari, xuddi bir paytlar menga bo‘lgani kabi, unga ham tinmay gullar olib kelishardi. O‘sha e’tiborni yo‘qotganimdan shunchalik alam qildiki, bor imkoniyatlarimni ishga solib, qat’iy ozishga qaror qildim.

Qanday qilib ozganim:
Men o‘zimni jiddiy qo‘lga oldim. Birinchi navbatda sport bilan shug‘ullanishga qaror qildim, ishdan keyin shaxsiy murabbiy bilan kardio va kuch mashqlari uchun zalga bora boshladim. Bu juda qiyin edi, lekin o‘zimga va hayotimga bo‘lgan yangicha munosabatim oldida bu qiyinchiliklar hech narsa emasdi.

Ammo, ma’lum bo‘lishicha, buning o‘zi mutlaqo yetarli emas ekan. Chunki ishdan bo‘shab, butun vaqtimni sport zalida o‘tkazishim mumkin edi-yu, lekin stressni yeyish bilan yengib, to‘g‘ri ovqatlanmasam, bundan hech qanday natija bo‘lmasdi. Shu sababli stressni yeb yengish odatidan qutulishim kerak edi. Ovqatlanishimni me’yoriga keltirishim va stressni yeyishni bas qilishim lozim edi. Murabbiyim menga parhez yozib bergan edi, ammo stressni yeyish odati bilan kurashish faqat o‘z zimmamda edi.

Albatta, sport bilan shug‘ullana boshlaganimdan keyin stressim ancha kamaydi, lekin ishda nimadir yeb olish odatim saqlanib qolgandi. Qo‘limdagi bor shirinliklarni darrov tashlab yubordim. Sovg‘a qilingan shirinliklarni esa hamkasblarimga berib yubordim. Ammo bu odatning o‘rnini nimadir bilan to‘ldirish kerak edi.

Shunda men stress paytida Rubik kubigini yig‘ishga qaror qildim. Bu maslahatni qayerdan olganim esimda yo‘q, lekin u chindan ham tinchlanishga va chalg‘ishga yordam beradi. O‘zim bilan kurashgan bir necha oy ichida stressni yeyish odatidan xalos bo‘ldim va ovqatlanishimni to‘liq izga soldim. Odatiy tartibda ovqatlana boshladim: nonushta, tushlik va kechki ovqat. Hech qanday tamaddilar va shunga o‘xshash narsalarsiz. Yaxshiyamki, maktabda ovqat berishar, u ham ancha parhezbop edi, shuning uchun faqat kechki ovqat haqida o‘ylasam bo‘lardi.

Men qanday natijaga erishmoqchiman:
Bir yarim yillik qattiq mehnatdan so‘ng, ancha oldin yo‘qotgan narsamga yaqinlasha oldim. Albatta, yillar o‘z so‘zini aytadi va men hech qachon 20 yoshli talaba qizning qomatiga ega bo‘lolmayman. Lekin endi qarashga qo‘rqinchli bo‘lgan odatiy o‘qituvchi bo‘lmasligim ham aniq. Hech bo‘lmaganda, endi maktabimizda bundaylar ikkita. Uning kelganidan juda xursandman. Hasad tufayli o‘z go‘zalligimni qaytara oldim. Oq hasad odamni o‘zgarishlarga undaydi. Shunday ekan, atrofingizni o‘zingiz o‘xshashni istagan odamlar bilan o‘rang va ular kabi bo‘lish uchun harakat qiling.

Shifokor izohi

Фото врача
Yekaterina Nikitina, psixolog (KBT, AKT). “Tvoy doc” platformasining ovqatlanish xulq-atvori buzilishlari bo‘limi, ovqatlanish psixologiyasi bo‘yicha mutaxassis.
Ushbu vazn tashlash voqeasida men vazn orqali o‘zlikni anglashning yorqin namunasini ko‘ryapman.

Ovqatlanish xulq-atvori buzilishlari bo‘yicha ixtisoslashgan psixolog sifatida men, birinchi navbatda, vazn orttirish qo‘rquvi bilan ishlashni taklif qilgan bo‘lardim. Inna o‘sha vazn bilan qaytishni sira istamayotgan holatni tadqiq qilish kerak. Ya’ni, "qarashga qo‘rqinchli bo‘lgan oddiy o‘qituvchi" obrazidagi holatni, axir bu holat vaznga bog‘liq bo‘lishi shart emas.

Cheklovlarga asoslangan ovqatlanish, qat’iy parhezlar va ko‘p (yoqtirmaydigan) sport bilan shug‘ullanish ham Innaga barqaror va doimiy natijaga erishishga yordam bermaydi. U bu bilan yarim yildan beri shug‘ullanayotgani uchun, muvozanatli ovqatlanish va diyetolog ko‘magidan tashqari, anglagan holda ovqatlanish ko‘nikmalari orqali ovqatlanish xulq-atvorini me’yorga solishi kerak bo‘ladi. Buni ovqatlanish xulq-atvori allaqachon buzilgan bemorlar bilan ishlaydigan mutaxassis yordamida amalga oshirgan ma’qul.

Shuningdek, vazn ortishining asosiy sababi bo‘lgan hissiy haddan tashqari ko‘p yeyish muammosi bilan ishlash ham juda muhim. U o‘zida yo‘q bo‘lgan hissiyotlarni boshqarishning yangi ko‘nikmalarini egallashi kerak, hozirda bu ko‘nikmalar o‘rniga ovqatdan foydalanilmoqda. Innaning qo‘llayotgan usullari, katta ehtimol bilan, uning ovqatlanish xulq-atvorini yanada buzadi va u istagan natijaga olib kelmaydi.

Men quyidagi rejani taklif qilgan bo‘lardim: Malakali diyetolog-endokrinolog bilan birgalikda diyetologik yordam olish; jismoniy faollik bo‘yicha savodli mutaxassis bilan birga ko‘ngilga yoqadigan qulay sport turini topish;allaqachon buzilgan ovqatlanish xulq-atvori, hissiyotlarni boshqarish ko‘nikmalari va o‘z tanasini qabul qilish ustida ishlash.
Фото пользователя 15 лет попыток похудеть

Ozish uchun 15 yillik urinish

Katya, 32 yosh

Mening hikoyam:
O‘zimni bilganimdan beri, bolaligimdan ortiqcha vaznga ega edim. Sinfdosh qizlarim xipchabel va sho‘x-shodon edi, men esa bu me’yorlarga to‘g‘ri kelmasdim. 11-sinf bitiruv oqshomi oldidan ozishga qaror qildim, axir chiroyli libos kiyib, davrada porlab yurgim kelardi-da! Kuniga atigi bir mahal ovqatlanar, deyarli hamma narsadan voz kechgandim. Onam bu ahvolimdan rosa xavotir olardi! Bir oyda 7 kg ozdim, bo‘yim 173 sm bo‘lib, vaznim 60 kgga tushdi. O‘zim o‘zimga juda yoqardim va bitiruv oqshomi ajoyib o‘tdi!

Institutga kirgach, o‘qishning og‘irligi va stress tufayli oshxonadagi bor pirojkilarni paqqos tushirardim. Bir yil o‘qib, ancha dumaloqlashib, vaznim 70 kggacha chiqdi!
Mening hikoyam:
O‘zimni bilganimdan beri, bolaligimdan ortiqcha vaznga ega edim. Sinfdosh qizlarim xipchabel va sho‘x-shodon edi, men esa bu me’yorlarga to‘g‘ri kelmasdim. 11-sinf bitiruv oqshomi oldidan ozishga qaror qildim, axir chiroyli libos kiyib, davrada porlab yurgim kelardi-da! Kuniga atigi bir mahal ovqatlanar, deyarli hamma narsadan voz kechgandim. Onam bu ahvolimdan rosa xavotir olardi! Bir oyda 7 kg ozdim, bo‘yim 173 sm bo‘lib, vaznim 60 kgga tushdi. O‘zim o‘zimga juda yoqardim va bitiruv oqshomi ajoyib o‘tdi!

Institutga kirgach, o‘qishning og‘irligi va stress tufayli oshxonadagi bor pirojkilarni paqqos tushirardim. Bir yil o‘qib, ancha dumaloqlashib, vaznim 70 kggacha chiqdi!

Qanday qilib ozganim:
Dugonam kokteyllar yordamida ozishni taklif qildi. U bilan kukunli bankalarni sotib oldik, buning uchun ikki oylik stipendiyamiz ketdi. Saytda maxsus menyu tavsiflangandi: unga ko‘ra har kuni 3–4 portsiya kokteyl ichish va sabzavotli salatlar yeyish mumkin edi. Ikkinchi haftadan boshlab esa taomnomaga yog‘siz tovuq go‘shti qo‘shsa bo‘lardi. Bir haftada 3 kg ozdim! Vaqti-vaqti bilan ochlik hissi bezovta qilsa-da, umuman olganda, natijalardan ruhlangan edim! Ikkinchi haftaga kelib bankachalar tugay boshladi, ochig‘i, 10-kunga kelib qulupnayli sutli kokteylni ko‘rishga ham ko‘nglim tortmay qoldi! Shunday bo‘lsa-da, ikkinchi haftada yana 2 kg tashladim! Uchinchi haftadan boshlab esa ertalab va kechqurun og‘zimda achchiq ta’m sezadigan, qornim dam bo‘lib, vaqti-vaqti bilan og‘riydigan bo‘lib qoldim. Endi odatdagi ovqatlanish tarziga qanday qaytaman, degan o‘ylar bezovta qila boshladi.

Ikki haftada 5 kg ozgach, natijadan qoniqdim, endi avvalgidek ovqatlansam ham bo‘ladi, deb o‘yladim. Ammo meni doimiy ochlik hissi qiynardi, hech to‘ymasdim. “Shirinlik” yemaslikka harakat qilardim-u, lekin porsiyalarim juda katta edi! Oradan bir oy o‘tib, 10 kiloga semirib ketdim, vaznim 75 kg bo‘ldi!

Hozir 32 yoshdaman va vaznim 85 kg! Oxirgi besh yil ichida ozish uchun o‘zim ko‘p harakat qildim: sportzalga qatnadim, yog‘li va shirin mahsulotlardan o‘zimni tiydim, soat 18:00 dan keyin ovqatlanmadim! Biroq muayyan qoidalarga amal qilgan paytlarimda 2–3 kg vazn yo‘qotardim-u, bir necha oydan so‘ng ular yana qaytib kelardi. Hozir ko‘p ishlayman, ko‘p yeyman va qanday qilib to‘g‘ri ovqatlanishni, ozishni va sog‘lom hayot kechirishni boshlashni bilmayapman!

Men qanday natijaga erishmoqchiman:
Bitiruv kechasidagidek o‘zimni go‘zal va maftunkor his qilishni orzu qilaman...

Shifokor izohi

Фото врача
Endokrinolog
Ovqat yeyishdan bosh tortish — o‘smirlarga xos bo‘lgan ovqatlanish xulq-atvori buzilishining belgilaridan biridir. Ota-onalarning xavotirlanishi bejiz emas, bunday hollarda psixonevrolog maslahati tavsiya etiladi. Shuningdek, bunday vaziyatlarda vaznni kamaytirishga ham, uni bir me’yorda saqlashga ham yordam beradigan sog‘lom ovqatlanish odatlarini muhokama qilish uchun diyetologga murojaat qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Dispeptik buzilishlar (og‘izda achchiq ta’m sezish, qorinda og‘riq) uzoq vaqt och yurish, shilliq qavatlarning kislotaliligi yuqori bo‘lgan me'da sharbati bilan ta’sirlanishi oqibatida yuzaga keladigan oshqozon va ingichka ichak devorlarining yallig‘lanishi — gastrit yoki enteritning belgilari bo‘lishi mumkin. Yekaterina sog‘lom ovqatlanishga o‘tishi, tekshiruvdan o‘tish va davo kursini belgilash uchun gastroenterolog bilan maslahatlashishi kerak edi.

Kaloriyalarning yaqqol tanqisligi fonida tez vazn yo‘qotish — bu vaznning avvalgi yoki undan ham yuqori ko‘rsatkichlarga tezda qaytishi xavfini yuzaga keltiruvchi omillardan biridir. Ozuqa moddalarini keskin cheklash organizm uchun stress bo‘lib, u keyingi tanqislik holatlarining oldini olish maqsadida ozuqa moddalari zaxirasini faol ravishda to‘play boshlaydi. Bosh miyadagi ochlik markazining faollashishi va to‘yinish markazining susayishi doimiy ovqatlanish ehtiyojini his qilishga olib keladi, bu esa o‘z navbatida ortiqcha ovqatlanishga va natijada vazn ortishiga sabab bo‘ladi.

Zamonaviy hayot sur’ati insondan stressga qarshi kurashish usullarini izlashni talab qiladi. Eng oson va qulay usul — bu ortiqcha yeb yuborish bilan kechadigan mazali taomlarni iste’mol qilishdir. Yekaterina kun davomida nimalar yeyishini qayd etib borish uchun ovqatlanish kundaligini yuritib ko‘rishi mumkin — bu uning taomnomasini tahlil qilishga va uni qanday to‘g‘rilashni tushunishga yordam beradi. Shuningdek, kundalik jismoniy faollikni oshirishga harakat qilish ham mumkin (piyoda yurish, kuniga kamida 8 ming qadam). Hissiy salomatlikni saqlash va emotsional ortiqcha ovqatlanish muammosi bilan ishlash uchun psixonevrologga murojaat qilish, qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillarini muhokama qilish, dori-darmonlar bilan davolanish zaruratini aniqlash uchun esa endokrinolog qabuliga yozilish lozim. Prediabet aniqlangan taqdirda, Yekaterinaga ozish jarayonida semaglutid bilan qo‘shimcha dori-darmonli yordam ko‘rsatilishi mumkin, chunki bu preparat nafaqat qondagi glyukoza miqdorini pasaytiradi, balki ishtahani tushirishga va yog‘ massasini yo‘qotishga ham yordam beradi.