Спасибо!

Ваш результат был отправлен на указанную вами почту

Rahmat!

Siz axborot byulleteniga obuna bo'ldingiz

Оставьте свои данные и мы пришлем вам на почту результаты теста, рекомендации по питанию, основанные на Гарвардской модели тарелки, а также рекомендации ВОЗ по физической активности
*Поле обязательно к заполнению
*Поле обязательно к заполнению
*Поле обязательно к заполнению
Нажимая кнопку «Отправить» вы соглашаетесь с условиями Политики обработки персональных данных

Внимание

Вы уже сохранили свой результат
Письмо с индивидуальной ссылкой придет на указанный e-mail в ближайшее время

Внимание

Убедитесь, пожалуйста, что вы
выбрали верный объем талии.
Если этот пункт вызывает у вас затруднения,
просто пропустите его

Спасибо!

Спасибо за вашу заявку,
мы свяжемся с вами в ближайшее время

Maqola “Verba Mayr” sog‘lomlashtirish markazi bilan hamkorlikda yozilgan.

Insulinga rezistentlik -- bu nima va u vaznga qanday ta’sir qiladi?

Tibbiyotda ham, har qanday sohada bo‘lgani kabi, “urfdagi” mavzular mavjud va so‘nggi paytlarda ko‘p tilga olinayotgan shunday tashxislardan biri -- bu insulinga rezistentlik.

Uni ortiqcha vazn, II-tipdagi qandli diabet va boshqa asoratlar rivojlanishining yuqori xavfi, ozishdagi qiyinchiliklar va boshqa ko‘plab noxush va hatto qo‘rqinchli oqibatlar bilan bog‘lashadi.

Odam o‘zida bu tashxisni qanday belgilar orqali ko‘rishi mumkin hamda, agar organizm qarshilik ko‘rsatsa, qanday qilib ozish mumkin?
Insulinga rezistentlik nima degani?
Insulin — oshqozon osti bezi ishlab chiqaradigan organizmimizning eng muhim gormonlaridan biri bo‘lib, uning eng asosiy vazifasi organ va to‘qimalarga — energiya yetkazib berish. U kalit kabi ishlab, oziq-ovqatdan olinadigan glyukoza uchun “eshik” ni ochib beradi, shuningdek, unga hujayra ichkarisiga kirishga va hujayraning hayotiy jarayonlari bo‘lgan ko‘plab biokimyoviy reaksiyalarda yoqilg‘i vazifasini bajarishga imkon beradi.
Insulin rezistentligida, insulin retseptori ko‘rinishidagi “qulf” ishlamaydi -- shunchaki o‘z kalitini sezmaydi.

Bunda:

1
Och yurgan hujayralar o‘z funksiyalarini sifatli bajara olmaydi;
2
Glyukoza hujayralarga tarqay olmaydi, natijada uning qondagi miqdori ortib boradi;
3
Oshqozon osti bezi qondagi qand miqdorini pasaytirishga behuda uringan sari, insulinni tobora ko‘proq miqdorda ishlab chiqarishda davom etadi.

Nima uchun shunday bo‘ladi?

Insulinga rezistentlik rivojlanishining quyidagi yo‘llari ko‘proq tarqalgan:

1
Noto‘g‘ri ovqatlanishda va qonga haddan tashqari ko‘p miqdorda glyukoza kelib tushganda, odamda retseptorlarni haddan tashqari faollashtirib yuboruvchi insulinning doimiy ravishda baland bo‘lishi kuzatiladi. Bunday ko‘p sonli signallarga o‘z vaqtida javob berishga qodir bo‘lmagan organizm “quloqqa paxta tiqib olish” ga harakat qilib, hujayralarning sezuvchanligini pasaytiradi;
2
Ortiqcha vazn mavjud bo‘lganda, yog‘ to‘qimasi endokrinli a’zo vazifasini bajaradi va hujayralarning insulinga sezgirligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan moddalarni sintezlaydi;
3
Irsiy moyillik tufayli, odam dastlab insulinga kamroq sezgir bo‘lgan retseptorlarga ega bo‘lishi mumkin.
Insulinga rezistentlikning rivojlanish jarayoni
Irsiy omillar
Oziqlanish va
turmush tarzi
Dorilar
Gormonal omillar

INSULINGA REZISTENTLIK

Hujayralar insulinni sezishmaydi va, demakki, glyukozani ham o‘zlashtirishmaydi.

Semizlik
2-tipdagi
qandli diabet
Ateroskleroz
Gipertoniya
Insulinga rezistentlik vaznga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Insulinning ko‘plab ajoyib xususiyatlari bor: u yolg‘iz o‘zi ochlikni bostiradi va ishtahani pasaytiradi, oqsil sintezida ishtirok etadi va mushaklarning qurilishida ko‘maklashadi, jigarga glyukozani qulay energetik yoqilg‘i – glikogen shaklida zaxiralashga yordam beradi.

Shu bilan birga, insulin qo‘riqchi it kabi yog‘ zaxiralaridan yoqilg‘i sifatida foydalanishga to‘sqinlik qiladi va jigarda erkin yog‘ kislotalari sintezini oshiradi, bu esa glyukozaning yuqori darajasi bilan birgalikda jigar hujayralari -- gepatotsitlarning shikastlanishiga olib keladi, 2-tipdagi qandli diabet va to‘satdan o‘lim xavfini oshiradi. Insulinga rezistentlik va katta miqdordagi glyukozaning kelib tushishi sharoitida, jigar va boshqa ichki a’zolar ichida va atrofida xavfli visseral yog‘ hosil bo‘ladi, bu esa yurak-qon tomir kasalliklari, saraton va qandli diabet xavfini oshiradi.

Insulinga rezistentligi bor kishi uchun ozish juda qiyinlashadi -- energiya ola olmayotgan hujayralarning o‘ta kuchli asossiz ochligi uni muzlatgich tomon yugurtiradi, qondagi ortiqcha glyukoza esa eng xavfli joylarda to‘planib, o‘sha yerda qolishga jon-jahdi bilan harakat qiladi.

Bunda berk doira hosil bo‘ladi: ortiqcha vazn insulinga rezistentlik rivojlanishiga sabab bo‘ladi, u esa vazn ortishini keltirib chiqaradi. Ba’zan bu doirani uzish juda qiyin bo‘ladi.
Kishi o‘zida insulinga rezistentlik borligini qanday sezishi mumkin?
Agar o‘zingizda ro‘yxatdagi bir yoki bir nechta alomatlarni aniqlasangiz, unda tekshiruvdan o‘tishingiz va ushbu holatni o‘z vaqtida davolashni boshlash uchun shifokorga murojaat qilishingiz tavsiya etiladi:

1
Ishtahaning oshishi, to‘yganlik hissining yo‘qligi;
2
Ayollarda bel aylanasining 80 sm dan, erkaklarda esa 94 sm dan ortiq bo‘lishi;
3
Qonda glyukoza va triglitseridlar miqdorining oshishi;
4
Tana vaznining sezilarli darajada ko‘payishi;
5
Qora akantoz -- burmalar va ishqalanish joylarida, tizzalarda, tirsaklarda, qo‘ltiq ostida terining qorayishi;
6
Teridagi o‘smalar -- papillomalar, keratomalar, gemangiomalar;
7
Surunkali charchoq, ovqatdan keyin uyquchanlik;
8
Serzardalik, kayfiyatning o‘zgaruvchanligi;
9
Mioma, endometrioz, polikistoz tuxumdonlar sindromi mavjudligi;
10
Bosh aylanishi;
11
Ko‘rish qobiliyatining pasayishi.
Afsuski, ba’zan insulinga rezistentlik yaqqol namoyon bo‘lmaydi, yashirin kechadi va dispanserizatsiya vaqtida yoqimsiz syurpriz sifatida aniqlanadi.
Insulinga rezistentlikni qanday davolash lozim?
1
Vazn va oziqlanish ratsionini normallashtirish

Ushbu bandni bajarmasdan, hujayralarning insulinga sezgirligini tiklab bo‘lmaydi.

Birinchidan, oshqozon osti bezini kuchaytirilgan rejimda ishlashga majbur qiluvchi mahsulotlar -- yengil hazm bo‘ladigan uglevodlar (oq un, kraxmal, asal, shakar, siroplar, qandolat mahsulotlari va boshqalar), yarim tayyor mahsulotlar, fast-fudlar, "suyuq kaloriyalar" (shirin gazlangan ichimliklar, sharbatlar, alkogol, energetiklar) ni ratsiondan chiqarib tashlash talab etiladi.

Ikkinchidan, organizmga o‘tkir ochlik holatiga tushib qolmaslik, lekin to‘plangan yog‘ to‘qimalari zaxirasidan oz-ozdan foydalanish imkonini beruvchi kaloriya tanqisligiga ega ratsionni shakllantirish zarur. Tadqiqotlarga ko‘ra, kuniga 400 kaloriya tanqisligi ayollarga 20 hafta ichida o‘rtacha 12 kg vazn tashlashga va eng xavfli visseral yog‘ miqdorini 25% ga kamaytirishga yordam beradi.1

Parhezning dastlabki bosqichlarida, ovqatlanish ratsionini o‘zgartirish jarayonida ochlik hissini yengishga yordam berish maqsadida, shifokor kompleks terapiya tarkibida semaglutid asosidagi preparatni buyurishi mumkin. Ushbu preparat, glyukagonsimon peptid-1 (GPP-1) retseptorlariga ta’sir ko‘rsatib, me’dadan ovqat evakuatsiyasini sekinlashtiradi, to‘qlik va me’daning to‘laligi hissini uzaytiradi, yog‘ massasini kamaytirishga yordam beradi.
Ozdiruvchi preparatlar haqida qisqacha


Bu nafaqat kaloriya tanqisligini uzoq vaqt davomida ushlab turish, balki qondagi insulin darajasini pasaytirishga imkon beruvchi, ovqatlanishlar orasidagi 3-4 soatlik yengil tamaddilarsiz “toza” tanaffuslarni osonroq amalga oshirish uchun ham juda muhimdir. Bundan tashqari, semaglutid ni qo‘llash 16/8 intervalli ochlik rejimiga oson o‘tishga yordam beradi, bunda organizm retseptorlar sezgirligini tiklashga yordam beradigan, ovqatlanishsiz uzoqroq tungi oraliqqa ega bo‘ladi.
Shuningdek, insulinga rezistentlik holatida metformin buyurilishi mumkin - bu preparat glyukozaning ichakda so‘rilishini va jigardagi sintezini kamaytiradi, shuningdek, to‘qimalarning insulinga sezgirligini oshiradi, biroq ozish tezligi va sifatiga sezilarsiz darajada ta’sir qiladi.

Parhezda asosiy urg‘u ko‘p miqdordagi kraxmalsiz sabzavotlar va ko‘katlar bilan birga yog‘siz oqsilga (go‘sht, baliq, dengiz mahsulotlari, dukkaklilar), yong‘oq va yog‘dan olingan o‘simlik yog‘lariga, shuningdek, pastroq glikemik indeksga ega bo‘lgan ishlov berilmagan boshoqli o‘simliklarga qaratiladi.
2
Jismoniy faollikni oshirish

Kardio-mashqlar ham, zo‘raki mashqlar ham, qondagi glyukoza hisobiga tiklanadigan mushaklardagi glikogen sarfini oshiradi. Bunda nafaqat qand miqdori kamayadi, balki to‘qimalarning insulinga sezgirligi ham oshadi.

Haftada kamida 3 marta mashq qilish maqsadga muvofiq, ammo shuni yodda tutish kerakki, eng ko‘p kaloriya sarfiga kundalik maishiy faollik -- piyoda yurish, uy ishlari, bolalar bilan faol o‘yinlar o‘ynash orqali erishiladi. Shuning uchun hayotning barcha jabhalariga odatdagidan ko‘proq harakatni joriy etish va kaloriya sarfini oshiruvchi har bir qo‘shimcha imkoniyatni izlash muhimdir.
Insulinga rezistentlik rivojlanishini nima qo‘zg‘atishi mumkin?
Hujayralarning insulinga sezuvchanligiga ko‘plab sabablar ta’sir qiladi:

Insulinga rezistentlikdan deyarli hech kim himoyalanmagan. Yaxshi yangilik shundaki, bu holatni orqaga qaytarsa bo‘ladi. Agar vaznni muttasil kamaytirish va to‘g‘ri ovqatlanish odatlarini ishlab chiqish bilan o‘z vaqtida jiddiy shug‘ullansangiz va o‘zingizga ko‘proq e’tibor qaratsangiz, organizmingizga me’yorga qaytishiga yordam berishingiz real imkoniyatdir.
Manbalar
1 https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/19211823/