Спасибо!

Ваш результат был отправлен на указанную вами почту

Rahmat!

Siz axborot byulleteniga obuna bo'ldingiz

Оставьте свои данные и мы пришлем вам на почту результаты теста, рекомендации по питанию, основанные на Гарвардской модели тарелки, а также рекомендации ВОЗ по физической активности
*Поле обязательно к заполнению
*Поле обязательно к заполнению
*Поле обязательно к заполнению
Нажимая кнопку «Отправить» вы соглашаетесь с условиями Политики обработки персональных данных

Внимание

Вы уже сохранили свой результат
Письмо с индивидуальной ссылкой придет на указанный e-mail в ближайшее время

Внимание

Убедитесь, пожалуйста, что вы
выбрали верный объем талии.
Если этот пункт вызывает у вас затруднения,
просто пропустите его

Спасибо!

Спасибо за вашу заявку,
мы свяжемся с вами в ближайшее время

140 kg dan 64 kg gacha ozishimga yordam bergan 5 ta qoida

Golubeva Oksana, 38 yosh, -76 kg

Фото до — 5 правил, которые помогли мне похудеть со 140 до 64 кг
Фото после — 5 правил, которые помогли мне похудеть со 140 до 64 кг
Mening hikoyam
Shundan boshlasam kerakki, men hech qachon kichkina, ozg‘ingina yoki xipchagina bo‘lmaganman. Esimni taniganimdan beri doim ortiqcha vaznimni yuzimga solishardi. Aytgancha, men doim ozishga harakat qilganman: parhez tutardim, sport zaliga borardim, massajlarga qatnardim, lekin hech birining foydasi tegmasdi. O‘zimni so‘kib, o‘zimdan nafratlanardim, ammo baribir parhezni buzib qo‘yaverardim va barcha omadsizliklarim alamini yeyishdan olardim, buning uchun esa atrofimdagi hamma-hammani ayblardim.

Tushunarli bo‘lishi uchun aytaman, 2017-yil oktyabriga kelib maksimal vaznim 140 kg ga yetgandi. Ammo marshrutkadagi bir voqea hammasini o‘zgartirib yubordi. Ertalab. Marshrutka tiqilinch, ob-havo yomon, yo‘l esa olis. Men oyna yonida o‘tiribman, yonimda bitta bo‘sh o‘rin bor. Lekin hech kim o‘tirmayapti. Hamma menga achinish yoki so‘roq nazari bilan qaraydi, biroq hech kim yonimga o‘tirmaydi. Avvaliga kurtkam ho‘lligi uchun shunday bo‘lyapti, deb o‘yladim, lekin yo‘q... Shunda kallamga bir fikr kelib urildi: axir men ikkita joyni, avtobusdagi ikkita o‘rinni egallab o‘tiribman-ku! Bu fikr menga juda og‘ir botdi. Menga yordam kerakligini, hamda qanchalik tez bo‘lsa, shunchalik yaxshi ekanini anglab yetdim.

Qanday qilib ozdim
Mutaxassislarga murojaat qilishga to‘g‘ri keldi — bu eng qiyin qadam bo‘ldi. Men, avvalo, o‘z-o‘zimga muammo borligini, uni o‘zim mustaqil yenga olmasligimni va yordamga muhtojligimni tan oldim. Endokrinolog-diyetologga murojaat qildim. Meni tekshirishdi, hamma narsani ko‘zdan kechirishdi va odatdagidek, organizmda o‘zgarishlar borligini, lekin aynan ortiqcha vazn bunga sabab bo‘lganini, aksincha emasligini aytishdi. Buni eshitish yoqimsiz va alamli edi, ammo uyga qochib ketish, sevimli “parashyut”imni kiyib, shirinliklarni yeb, serial ko‘rib, dunyoni unutish istagi qanchalik kuchli bo‘lmasin, keyin nima qilish kerakligini oxirigacha eshitdim.

Keyingi qadamlar bir vaqtning o‘zida ham eng oddiy, ham eng murakkab edi. Biz parhezga o‘tirmaymiz, balki ovqatlanishga, o‘zimizga va hayotga bo‘lgan munosabatimizni o‘zgartiramiz. Biz o‘zimizni vaqtinchalik cheklayotganimiz yo‘qligini, balki eski odatlar bilan butunlay xayrlashayotganimizni tan olishim kerak edi! Ishoning, bu juda qiyin, chunki ichki ovozingiz sizga dahshatli kuch bilan achina boshlaydi, keyin esa o‘zingizga nisbatan nafrat va jirkanish hissi shunchaki avjiga chiqadi. Xo‘sh, bu holatda nima qilish kerak?

Menga shifokor-psixiatr qabuliga borishni tavsiya qilishdi. Bu haqda birinchi marta eshitganingizda, bu shunchaki quruq gapday va boz ustiga, juda qimmatdek tuyuladi, lekin aslida unday emas ekan. Bu men uchun ayni kerak bo‘lgan, eng zarur narsa edi. O‘sha maslahat qabullarida menga muammolarimni taom bilan yeyishim sabablarini, nega aynan shunday qilishimni va eng muhimi, bunga qarshi qanday kurashish kerakligini tushuntirib berishdi. Va asta-sekin — xohlamasam ham, qabul qilgim kelmasa-da, hammasini tashlab ketish istagini yengib — o‘zimni qo‘lga ola boshladim. Avtobusdagi odamlarning nigohi, o‘sha achinish hissi... va qo‘limdan kelishini isbotlash istagi meni tinmay rag‘batlantirib turdi! Men o‘zimni sevishni, o‘zimni hurmat qilishni o‘rgandim. Xotirjamlik nima ekanini, shubha va sarosima to‘fonida qanday langar tashlash kerakligini tushunib yetdim.

Birinchi yil natijalari
Birinchi yilda 30 kg vazn tashladim. Hayotga bo‘lgan munosabatimni o‘zgartirishimga to‘g‘ri keldi. Bu gaplar juda jo‘n va siyqasi chiqqandek tuyulishi mumkin... Men esa har kuni ertalab turib, krossovkalarimni oyoqqa ilardim-da, uyni aylanib piyoda yurardim, keyin yugurishni boshladim... So‘ngra hayotimda eng zo‘r eshkak eshish trenajyori paydo bo‘ldi. Sport — umuman olganda, juda muhim mavzu. U nafaqat ortiqcha yog‘larni eritishingga, balki o‘zingni doim tetik tutishing va kuch-quvvatga to‘la bo‘lishing uchun ham kerak. Men hamma narsani birma-bir sinab ko‘ribgina o‘zimga nima yoqishini topdim! Endi tanamga aynan yoga, aeroyoga, streching, piyoda yurish va eshkak eshish ko‘proq mos kelishini aniq bilaman. Xo‘sh, o‘zi nima yordam berdi? Menga kunlik rejimga qat’iy amal qilish, hatto daqiqalarigacha belgilangan kundalik odatlarni joriy etish katta foyda berdi. Ishim osonlashishi va bu yo‘lda yolg‘iz qolmaslik uchun intranet-kundalik tutib, u yerda nimalar qilayotganim va qanday taomlar tayyorlayotganim haqida yozib borardim. Oradan bir yil o‘tib, chekishni tashladim. Bu, ehtimol, qutulish eng qiyin bo‘lgan odatdir.

Ikkinchi yil natijalari
Yana bir yildan keyin men yana 20 kg vazn tashladim va 2020-yilga kelib vaznim 84 kg-ga tushdi. Bu nihoyatda qiyin bo‘ldi, lekin bu mening g‘alabam edi. Rostini aytsam, buni uddalaganimga haligacha ishonolmayman! Ammo har kuni, har soatda meni suyukli insonim, turmush o‘rtog‘im qo‘llab-quvvatlab turdi va uning o‘zimga bo‘lgan ishonchimni qaytarishdagi hissasini ortiqcha baholab bo‘lmaydi.

Ruxsat bersangiz, turmush o‘rtog‘imning jiddiy kasalligi haqida aytib bersam: u SMAga chalingan, deyarli harakatlanmaydi, barcha bo‘g‘imlarida kontrakturalar bor — va u bolaligidan shunday. Bilasizmi, u 20 yil ichida biror marta ham taqdiridan, nega aynan u bilan shunday bo‘lganidan shikoyat qilmagan! Unda qancha hayotga muhabbat, qancha g‘ayrat borligini tasavvur ham qila olmaysiz, u uchun imkonsiz narsaning o‘zi yo‘q. U bilan suhbatlashsangiz, barcha muammolaringiz arzimasdek tuyulib qoladi, axir siz undan farqli o‘laroq, hech bo‘lmaganda burningiz qichishsa, bemalol qashiy olasiz. Xo‘sh, shunday odam yonimda turganida, men qanday qilib TASLIM BO‘LISHIM mumkin edi?

Sakkiz yildan beri har bir kunim taroziga chiqishdan boshlanadi. Men o‘z vaznimni, agar noto‘g‘ri biror narsa yesam, ertaga qancha tosh bosishimni ham aniq bilaman... Garchi hozir hech narsa yegim kelmasa ham. Bu vaqt ichida ovqatga, umuman hayotga bo‘lgan munosabatim o‘zgardi. Men sevgi va mehr, yaqin do‘stlarning chinakam qo‘llab-quvvatlashi mo‘jizalar yarata olishini tushunib yetdim.

Yiqildim, lekin taslim bo‘lmadim
Biroq menda ham tartib buzilishlari bo‘lib turdi, ularning eng kattasi 2022-yilda yuz berdi. 35 yoshimda homilador bo‘ldim. Bu uzoq kutilgan mo‘jiza bizga oson bo‘lmadi va, afsuski, men o‘ta og‘ir tug‘uruqdan keyingi depressiyadan qochib qutula olmadim. Yarim yil ichida 79 kilogrammdan 93 kilogrammgacha vazn to‘pladim. Bir lahzada! Lekin men yordam kerakligini allaqachon bilardim va yana o‘sha tanish yo‘ldan ketdim. Ya’ni, endokrinologga, so‘ng yana psixiatrga, psixoterapiyaga bordim. Natija esa ko‘z o‘ngingizda — hozir vaznim 64 kg.

Bugungi kunga kelib, o‘zimni tartibga solishga va yana izdan chiqib ketmaslikka yordam beradigan bir nechta juda muhim qoidalarni ishlab chiqdim:
  1. Ovqat g‘amlamang. Do‘konlardan keragidan ortiq narsa xarid qilmang. Muzlatkichda “har ehtimolga qarshi” yoki “ko‘ngil tusab qolsa” degan o‘y bilan oziq-ovqat zaxirasi bo‘lmasligi kerak. Faqat yaqin kunlar uchun taom tayyorlashga yetadigan eng zarur mahsulotlar tursin, xolos.
  2. Nima yeyishingizni oldindan rejalashtiring. Men bugun va ertaga qanday mahsulotlardan qancha miqdorda ovqatlanishimni, qanday yengil tamaddilar qilishim mumkinligini va nima ichishimni oldindan o‘ylab qo‘yaman Nima yesam ekan, deb boshingiz qotmaydi, taomnomangizni oldindan belgilab qo‘yasiz va bu vazningizga qanday ta’sir qilishini bilib turasiz.
  3. Hech kimdan qolgan ovqatni yemang. Agar biror shirinlik pishirsam ham, to‘yganimni his qilsam, hech qachon oxirigacha yemayman. Bolangizdan qolgan ovqatni ham yeb qo‘ymang! Shundan keyingi muhim qoida kelib chiqadi.
  4. Ovqatni tashlab yuboring. Yeb tugatilmagan taomlarni muzlatkichda saqlash shart emas, ularning barchasini darhol axlatga tashlang. Shu tufayli oxirgi qoida shakllandi.
  5. Ovqatni porsiyalab pishiring. Butun oilaga zaxira bilan yetadigan katta qozonda emas, balki aynan bir necha porsiyaga mo‘ljallab — to‘yish, ammo ortiqcha yeb qo‘ymaslik uchun pishiring.


Hayotim qanday o‘zgardi
Men doim ko‘ylak kiyishni xohlardim, lekin hech qachon bunga jur’at qilolmasdim. Vaznim katta paytlari do‘konga borish jahannam azobiga aylanardi, chunki 64-o‘lchamda tuzukroq kiyimning o‘zi yo‘q edi. Bunda na nafosat bor edi, na go‘zallik, bu faqat tushkunlikka solardi. Bugun, vazn tashlaganimdan so‘ng, men gap chiroyli kiyimda emas, balki o‘z-o‘ziga ishonchda ekanini tushunib yetdim. Va endi men istalgan ko‘ylakda o‘zimni shunday his qilyapman, chunki uni bemalol va nafis kiyib yura olaman.

Umid qilamanki, mening hikoyam kimgadir yolg‘iz emasligini va bu muammo bilan mustaqil kurashishi shart emasligini anglashga yordam beradi. Semizlik — giyohvandlik va umuman, har qanday qaramlik kabi bir kasallik ekanini, yordam borligini hamda uni olish mumkin va kerakligini tushunishga ko‘maklashadi. O‘z nomimdan esa shuni qo‘shimcha qilmoqchimanki, men seni mahkam quchoqlab: “Bu hali oxiri emas, sen hammasini uddalaysan. Birdaniga bo‘lmasa ham, hayot bir marta beriladi va sen o‘zing uchun eng qadrli va sevimli insonsan”, deyishim mumkin.

Həkimin şərhi

Фото врача
Stanislav Askoldovich Khan, “Mayak” klinikasi shifokor-endokrinologi, diyetologi
Tibbiy nuqtayi nazardan, Oksananing hikoyasi – semizlikni davolashda endokrinologiya va psixoterapiya birgalikda qo‘llaniladigan kompleks yondashuvning yorqin namunasidir. Dastlabki tekshiruv muhim bosqich bo‘lib, u vazn ortishining gormonal sabablarini istisno qildi va ovqatlanishni o‘zgartirish hamda individual tarzda tanlangan jismoniy faollik (yoga, piyoda yurish, eshkak eshish) orqali metabolizm bilan ishlashga o‘tishga yordam berdi.

Muvaffaqiyat kaliti Oksananing psixiatrga murojaat qilib, stressni “yeb yuborish” va o‘zidan nafratlanishning tub sabablari ustida ishlaganidadir. Tug‘ruqdan keyingi davrda kuzatilgan ortga ketish va terapiyaga tezda qaytish — bu unda anglangan yondashuv shakllanganining isbotidir. Siz ishlab chiqqan qoidalar (porsiyalarga bo‘lib ovqatlanish, rejalashtirish, ortig‘ini yemaslik) shunchaki intizom emas, balki ruhiy muvozanatni saqlashga yordam beradigan xulq-atvor “tirgak”laridir. Asosiy natija – tarozidagi raqam emas, balki o‘zidan nafratlanishdan o‘zini sevishga va yordam so‘ray olishga o‘tishdir, bu esa uzoq muddatli remissiyaning asosini tashkil etadi.
Sog‘lom yo‘l bilan vazn tashlash haqida maqolalar