Спасибо!

Ваш результат был отправлен на указанную вами почту

Rahmat!

Siz axborot byulleteniga obuna bo'ldingiz

Оставьте свои данные и мы пришлем вам на почту результаты теста, рекомендации по питанию, основанные на Гарвардской модели тарелки, а также рекомендации ВОЗ по физической активности
*Поле обязательно к заполнению
*Поле обязательно к заполнению
*Поле обязательно к заполнению
Нажимая кнопку «Отправить» вы соглашаетесь с условиями Политики обработки персональных данных

Внимание

Вы уже сохранили свой результат
Письмо с индивидуальной ссылкой придет на указанный e-mail в ближайшее время

Внимание

Убедитесь, пожалуйста, что вы
выбрали верный объем талии.
Если этот пункт вызывает у вас затруднения,
просто пропустите его

Спасибо!

Спасибо за вашу заявку,
мы свяжемся с вами в ближайшее время

Ozish uchun fitnes, hammom va karamli salat

Natalya Ivanovna, -32 kg

Фото до — Фитнес, баня и капустный салат для похудения
Фото после — Фитнес, баня и капустный салат для похудения
Mening hikoyam
Hammasi bir ko‘ylakdan boshlandi. Do‘kon vitrinasida ko‘rib qolganim o‘sha ajoyib, chiroyli, urf bo‘lgan rangdagi ko‘ylakdan. U yengillik va nafosat va’da qilib, meni o‘ziga rom etdi. Men esa chiroqqa talpingan parvonasimon bir shiddat bilan unga tomon uchdim. Kiyib ko‘rish esa, kutilganidek, fojiali komediyaga aylanib ketdi.

Ko‘ylak meni navbatdagi dushman yoki bosqinchi deb o‘yladimi, sonlarimga va “sevimli” qatlarimga kelganda tiqilib qoldi. Shunda men o‘zim o‘ylab topgan “O‘lsam o‘laman, lekin har qanday holatda ham ozaman!” nomli aksiyada qatnashishga qaror qildim. Kundalik hayotim Ob daryosi qirg‘og‘ida tinimsiz piyoda yurish va yugurish, to‘g‘rirog‘i, shularga urinish bilan o‘tadigan bo‘ldi. Sabrim bir necha daqiqaga zo‘rg‘a yetardi va bora-bora bir narsani aniq tushuna boshladim, hatto bunga o‘zimni ishontirdimki, skandinavcha yurish — zo‘r sport turi. Natijada shunday bo‘ldi ham.

Karam salati eng sevimli tansiq taomimga aylandi. Hamkasblarim mendan berkitib, ba’zan hatto hojatxonada ovqatlanadigan bo‘lishdi Qo‘llab-quvvatlashgani uchun ulardan juda minnatdorman! O‘zimning novvoy bo‘lib ishlashim va so‘lagimni yuta-yuta, bo‘g‘ilib bo‘lsa ham ko‘z bilan yeyishni o‘rganishga majbur bo‘lganim alohida bir doston. Har kuni o‘zimni Mayya Plisetskaya deb tasavvur qilib, salomatlik diskida go‘yo jon berardim. Aytgancha, disk ko‘pga chidamadi. Lekin bundan xursandman, chunki u menga tanamning ayanchli holatini doim eslatib turardi. “Tabata” texnikasi bo‘yicha mashg‘ulotlarim haqida batafsil to‘xtalib o‘tirmayman, chetdan qaraganda jon talvasasidagi chala o‘lgan suvarakka yoki arqonda tortqilayotgan cho‘chqaga o‘xshardim, lekin insof bilan aytganda, bu kutilgan natijani berdi, xuddi turli xil supurgilar to‘plami bilan hammom majmualariga qatnovni kuchaytirganim kabi.

Ancha vaqt qiynalganimdan so‘ng, ko‘ylakni qayta kiyib ko‘rishga bordim (yaxshiyamki, narxi balandligi tufayli men istagan o‘lcham hali ham sotilmay turgan ekan). Avvaliga shoshma-shosharlik qildim deb o‘yladim! Lekin ulkan sabr, qomatni ixchamlashtiruvchi ichki kiyim va ijobiy kayfiyat bilan “qurollandim”. Xullas, ko‘ylakni kiyib, ko‘zgudagi aksimni ko‘rdim-u, ko‘ngilsizlikdan to‘kilay deb turgan ko‘z yoshlarim bir zumda quridi — orzuimdagi libos ozg‘inlashgan qomatimga kelishibgina tushgan edi. Orziqib kutilgan ko‘ylak olindi! Uni do‘stlarim va hamkasblarim ham allaqachon ma’qullashdi.

Mening natijam
Bu yo‘ldagi barcha urinishlarimdan shunday xulosa chiqardim: bu harakatlarim bejiz ketmabdi, ruhiy va jismoniy holatim sezilarli darajada yaxshilanganini payqadim! Maqsadlarimiz — bu rejalarga aylantiradigan orzularimizdir, so‘ngra ularni o‘z harakatlarimiz bilan hayotiy haqiqatga aylantiramiz.

Həkimin şərhi

Фото врача
Stanislav Askoldovich Khan, “Mayak” klinikasi shifokor-endokrinologi, diyetologi
Natalya, sizning hikoyangiz xulq-atvor terapiyasining muvaffaqiyatli chiqqan klassik namunasidir, biroq unda ma’lum xatarlar ham bo‘lgan. Ijobiy jihatlari — jismoniy faollikni kundalik hayotga tatbiq etish (skandinavcha yurish, hammom muolajalari) va faqat qat’iy parhezlar hisobiga emas, balki energiya sarfini oshirish orqali kaloriya taqchilligini yuzaga keltirishdir. Bu psixologik jihatdan qat’iy parhezlarga qaraganda ancha barqaror yo‘ldir.

Biroq, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarni aytib o‘tmoqchiman: faqat karam salatidan iborat monodieta ozuqaviy tanqislik xavfini keltirib chiqaradi, bosqichma-bosqich moslashuvsiz o‘ta jadal mashg‘ulotlar (“Tabata”) esa jarohatlarga olib kelishi mumkin edi. Vazn tashlashga tizimli yondashishni tavsiya qilaman: vazn ortishining gormonal sabablarini inkor etish uchun shifokor bilan maslahatlashing, tayanch tahlillarni topshiring va shunchaki kaloriyalarni cheklamasdan, muvozanatli ratsion tuzing. Sizning holatingizda ijobiy natijaga erishilgan, biroq mutaxassis nazorati ostida bu yo‘l yanada xavfsizroq va qulayroq bo‘lishi mumkin edi.
Sog‘lom yo‘l bilan vazn tashlash haqida maqolalar